Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va Italiyaning Bolonya universiteti hamkorligida tashkil etilgan yozgi maktab doirasida Bolonya universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari SamDU ga keldi.

    Mazkur yozgi maktab qishloq xo'jaligi va arxeologiya sohasida ta'limni yanada zamonaviylashtirish, o'zaro tajriba almashish kabi bir qator masalalarni o'z oldiga maqsad qilib olgan. Shuningdek, loyiha doirasida Samarqand davlat universiteti professor-o'qituvchilari va talabalarining Bolonya universitetiga safari rejalashtirilgan.

    Ayni vaqtda Samarqand davlat universitetida agrobiotexnologiya, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va arxeologiya fanlarining rivojiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazilmoqda.