Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti professori Isroil Jumanovning tavallud topgan kuni.
Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi professori Isroil Jumanov 1944-yil G’allaorol tumanida tug’ilgan. 78 yoshni qarshi olgan olim 54 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Professor Isroil Jumanov boshchiligida 10 monografiya, 7 o‘quv qo‘llanma, 24 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda 35 dan ortiq amaliyot va laboratoriya ishlarini yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar nashr qilingan. Domla fidoyi, halol inson sifatida ko’pchilikka o’rnakdir.
Samarqand davlat universiteti jamoasi Isroil Jumanovni samimiy muborakbod etib, ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi