Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyida Hindiston fili skeleti saqlanadi…

Darhaqiqat, ushbu fil skeleti O‘zbekistonda yagona va noyob eksponat hisoblanadi. Ba’zi norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘rta Osiyoda ham yagona bo‘lishi mumkin. Ushbu fil Moskva ko‘chma sirkida bir necha yillar xizmat qilgan. 1975-yilda sirkchilar Qarshiga kelganida fil yo‘lda nobud bo‘ladi. Bu haqida bir talaba Samarqand davlat universitetining olimlariga xabar bergan. O‘sha paytdagi zoologiya kafedrasi mudiri, professor Abdullo Sagitov hamkasblari bilan Qarshiga borib, filni skeletini muzeyga olib kelishga qaror qilishgan. Olimlarning o‘rganishicha fil 58 yoshda bo‘lgan. 47 yildan buyon ushbu fil skeleti Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyining eng noyob eksponotlaridan biri...
Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat Akramov olgan surat.