Samarqand davlat universiteti jamoasi “Student’s Cup” turinirida 3-o’rinni qo’lga kiritdi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining mini-futbol jamoasi “Student’s Cup” turnirida 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
3-o’rin uchun Samarqand davlat universitet jamoasi “GulDU” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
O’yin ko’tarinki va qiziqarli ruhda o’tkazildi.
Dastlabki daqiqalardanoq talabalarimiz tashabbusni o’z qo’liga oldi. SamDU kimyo fakulteti talabasi Dilshod Suvonov, sport faoliyati va san’at fakulteti talabasi Umar Asroyevlar o’yin davomida urilgan ikki golga mualliflik qildi.
Yakunda Samarqand davlat universiteti jamaosi 2:0 hisobida g’alaba qozondi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.