Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti talabasi, yosh tadbirkor Nilufar Omonova Buxoroda o‘tkazilgan “Uzbekistan international poverty reduction” xalqaro forumining "Motivatsion sessiya, rol modellari, imkoniyat loyihasidan darslar" bo‘limida o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi...

    Yosh tadbirkor ma'ruzasida muvaffaqiyat sirlari, istiqbolli biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi maslahatlar, IT dasturchilar tayyorlash sohasida o‘ziga xos yondashuvlar bilan bog‘liq tavsiyalarini o'rtoqlashadi.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.