Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida talabalar huquqbuzarliklarining oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni SamDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova kirish so‘z bilan ochdi. SamDU talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Islom Rustamov so‘zga chiqib talabalar orasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan fikrlarini bildirdi.

    Shuningdek, davra suhbatida Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta inspektori Shamsiddin Suyarov,  huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sheroz Ahmedovlar ishtirok etdi. Talabalarga huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilik va korrupsiya hollariga qarshi barqaror muhit shakllantirish, adolatli ta’lim tamoyillarini joriy qilish masalalari yuzasidan atroflicha tavsiya va maslahatlar berildi.

    Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzu va tegishli muammolar bo‘yicha savollarga soha mutaxassislaridan javob oldilar.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.