Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining mini-futbol jamoasi “Student’s Cup” turnirining chorak finalida Toshkent shahrining “Yodju” jamoasini mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

    O‘yin intrigaga boy, ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

    Jamoamiz dastlabki daqiqalardanoq tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti talabasi Azizbek Suvonov o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymning so‘nggi daqiqalarda raqib jamoasi hisobni tenglashtirdi.

    Penaltilar seriyasida Samarqand davlat universiteti jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

    Universitetimiz sharafini Sherzod Ermatov murabbiyligi ostida himoya qilayotgan talabalarimizga omad tilaymiz!

    Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universiteti jamoasi nimchorak finalda O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan edi

Otabek Sa’dullayev,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.