Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi Sharofat To‘xlieva kirish so‘z bilan ochib, ishtirokchilarga omad tiladi.

    Tanlov “Tanishtiruv, “Savol-javob”, “Mening ijodkorligim”, “Badiiy sahna” kabi shartlar asosida olib borildi.

    Tadbir ko‘tarinki va yuqori kayfiyatda davom etdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.