Gretsiyaning Kalifeya shahrida yengil atletika bo‘yicha bronza musobaqalar tasnifidagi “Filahtlitikos Kallithea” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

    Olimpiada va jahon chempionlari ishtirok etgan musobaqada, Samarqand davlat universiteti talabasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi aʼzosi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Roksana Xudoyorova muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

    21 yoshli atletimiz  uch hatlab sakrash dasturida startga chiqdi. U urinishlari davomida 13.68 metr natija qayd etib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi. Taʼkidalash joiz, bu ko‘rsatkich uch hatlab sakrash dasturida Osiyo vakillari orasidagi ikkinchi natija bo‘ldi.

 

Manba: O‘zA