Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti magistranti Charos Mardiyeva “Usmon Azim dostonlari til korpusining lingvistik ta’minoti” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Ilmiy rahbari filologiya fanlari doktori, professor Suyun Karimov. Tadqiqotchining ilmiy ish mavzusi yuzasidan yozgan bir qator maqolalari respublika va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan.

    Charos Mardiyeva nafaqat ilmiy tadqiqotchi, balki 20 yildan buyon maktabda pedagog sifatida faoliyat yuritadi. 11-sinf ona tili darsligining taqrizchilaridan biri. 5-11-sinflar uchun mo‘ljallangan “Diktantlar to‘plami” “Bayonlar to‘plami” kabi kitoblar muallifi. Xalq ta’limi vazirligi tavsiyasi bilan  uning “Diktantlar to‘plami” metodik qo‘llanmasi respublika bo‘yicha ommalashtirilgan. Mazkur to‘plam diktant turlari, ular haqidagi nazariy ma’lumotlar hamda shoir va yozuvchilar asarlaridan olingan matnlardan iborat. Kitob shu kabi xususiyatlari bilan nafaqat o‘quvchi yoshlar, balki ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari uchun ham metodik qo‘llanma vazifasini o‘taydi.

    Charos Mardiyeva erishgan yutuqlari va munosib pedagoglik xizmati inobatga olinib, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Ayni paytda Usmon Azim dostonlari va dramalari til korpusi bo‘yicha mobil dastur yaratish ustida ish olib bormoqda.

 

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.