Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan universitetning faxriy xodimlari: Dilyara Ataxo‘jayeva va Svetlana Yanovalar holidan xabar olindi.

    Samimiy muloqot davomida faxriy xodimlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, xotirjamlik tilab, esdalik sovg’alari topshirildi.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.