O'qishimni Samarqand davlat universitetiga ko'chirishning iloji bormi?

Savol: Assalomu alaykum. Men Jizzax davlat pedagogika institutida 1-kurs, tarix yo'nalishida tahsil olaman. Yo'l biroz uzoqlik qilmoqda. O'qishimni Samarqand davlat universitetiga ko'chirishning iloji bormi?
Javob: Ha bor. Siz, Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga ko'ra shu yilning 10-iyulidan 10-avgustigacha bo’lgan vaqt oraligida o’qishni ko’chirish uchun ariza topshirishingiz mumkin. Bunda sizning arizangiz tegishli komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi va nizom talablariga muvofiq xulosa beriladi.
Samarqand davlat universiteti
o‘quv-uslubiy boshqarmasi.