Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida universitet faxriylar kengashi tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, universitetimizning faxriy va nafaqadagi professor-o‘qituvchilari, filologiya fakulteti jamoasi va talabalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    - O‘zbekistonimiz dunyodagi eng tinch va jannatmakon yurt. Bu yurtning sizdek nuroniylari, faxriylari, duogo‘ylari bor, - deydi Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov. - Samarqand davlat universiteti bugun ta’lim tizimimizni rivojlantirish uchun istiqbolli loyihalarni amalga oshirmoqda. Yangi-yangi binolar quryapmiz. O‘qituvchilar va talabalarimizni dunyoning nufuzli universitetlarida o‘qittiryapmiz. O‘ylaymanki, bularning barchasi o‘z samarasini beradi.

    Tadbirda so‘z olgan ishtirokchilar yurtimizda faxriylarga berilayotgan e’tibor, tinchlik, farovonlik haqida so‘z yuritishdi.

    Tadbir yakunida faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirilib, dasturxon yozildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.