Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, universitetimizning faxriy va nafaqadagi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi

    - O‘zbekistonimiz dunyodagi eng tinch va jannatmakon yurt. Bu yurtning sizdek nuroniylari, faxriylari, duogo‘ylari bor, - deydi Rustam Xolmurodov. - Samarqand davlat universiteti bugun ta’lim tizimimizni rivojlantirish uchun istiqbolli loyihalarni amalga oshirmoqda. Yangi-yangi binolar quryapmiz. O‘qituvchilar va talabalarimizni dunyoning nufuzli universitetlarida o‘qittiryapmiz. O‘ylaymanki, bularning barchasi o‘z samarasini beradi.