Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova va universitetimiz professor-o‘qituvchilari ikki taraflama hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash, birgalikdagi ilmiy aloqalar ko‘lamini kengaytirish maqsadida Istanbul universitetida bo‘lib turibdi.

    Tashrif doirasida Istanbul universiteti psixologiya kafedrasi mudiri, professor Sevim Çasur bilan uchrashuv o‘tkazildi.

    Shuningdek, SamDU xalqaro hamkorlik bo‘limi va psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti mas’ullari ishtirok etgan uchrashuvda maqsadli ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

Otabek Sa’dullayev,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.