“Nemis tilida notiqlik” tanlovi Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi hamda Nemis tili ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi. Tanlov 2 turdan iborat bo‘lib, birinchi turda ishtirokchilardan hakamlar bergan mavzulardan birini tanlab, nemis tilida ma’ruza qilish talab etildi. Shundan keyin har bir ishtirokchi berilgan mavzu yuzasidan hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan savollarga javob berdi. Qizg‘in davom etgan bahs va munozaralardan so‘ng 30 dan ortiq ishtirokchilar orasidan eng yaxshi 3 nafar g‘olib saralab olindi.

    – Nemis tilini ikki yildan beri o‘rganib kelaman, - deydi Ozoda Inoyatillo. - Joriy yilda nemis tili bo‘yicha C1 darajani qo‘lga kiritdim. Tilga oid bilimlarimni mustahkamlash maqsadida nemis tili bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov va seminarlarda muntazam qatnashib kelaman. Kelgusida o‘qishimni Germaniyada davom ettirishim maqsadim bor. Ushbu yutuq maqsadim sari o‘ziga xos qadam bo‘lganidan mamnunman.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.