Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti dotsentlari Ergash Oripov, Muhiddin Abdurahmonov va Alisher G’afforovlarning tug‘ilgan kuni.
Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi dotsenti Ergash Oripov 1950-yil Toyloq tumanida tug’ilgan. 72 yoshni qarshi olgan olim 50 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O’quv uslubiy boshqarma uslubchisi dotsent Muhiddin Abdurahmonov 1954-yil Pastdarg’om tumanida tug’ilgan. 68 yoshni qarshi olgan olim 45 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O’zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Alisher G’afforov 1960-yil Nurobod tumanida tavallud topgan. 62 yoshni qarshi olgan olim 35 yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi