Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talaba qizlariga “NOVA” psixologiya markazi amaliyotchi psixologi Madina Niyozova “Stress alomatlari, turlari, sabablari, davolash  va oldini olish” mavzusida psixologik trening o‘tkazdi. Trening ishtirokchilari stress holatining kelib chiqish sabablari hamda uni bartaraf etish choralari haqida psixologdan atroflicha ma’lumot oldi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri psixologik test va amaliy mashqlarda qatnashdi. Trening yakunida amaliy mashqlar natijalariga ko‘ra talaba qizlarning ruhiy holat ko‘rsatkichlari umumiy tahlil qilinib, psixologik tavsiyalar berildi.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.