“Akademik Botirxon Valixo‘jayev va mumtoz adabiyotshunoslik” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston fan arbobi, akademik, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Botirxon Valixo‘jayev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Akademik Botirxon Valixo‘jayev va mumtoz adabiyotshunoslik” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, O‘zRFA vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimov va respublikamizning taniqli olimlari, ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferensiya “Akademik Botirxon Valixo‘jaev ilmiy merosining o‘zbek adabiyotshunosligida tutgan o‘rni”, “Filologik ta’lim tarixi”, “O‘zbek adabiyoti tarixi va adabiy ta’sir masalalari”, “Adabiy matnshunoslik: nashr, ilmiy tahlil va talqin”, “Mumtoz asarlari tili va uslubi, o‘zbek tili tarixi muammolari” kabi mavzularda 5 sho‘baga bo‘lingan holda o‘tkaziladi.