Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabalariga fransiyalik Darius Riazi “Reflections on history and the teaching of history in France” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

    Darius Riazi talabalarga Fransiya tarixi, tarix fanini o‘qitishdagi zamonaviy metodlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

    - Samarqand davlat universiteti bugun o‘zining qadimiyligi va shiddat bilan rivojlanib borayotganligi tufayli barchaning e’tiborini tortmoqda, - deydi Darius Riazi. - Universitetingizni bizning yurtimizda ham bilishadi. O‘ylaymanki, hamkorlik aloqalarimiz bundan-da rivojlanib, kelgusida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini ham yo‘lga qo‘ya olamiz.

    Ma’lumot uchun, Darius Riazi Sorbonna va Yedinburg universitetlarida ta’lim olgan. Bugungi kunda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.