Samarqand davlat universiteti: “Dardim mening, quvonchim mening” mavzusida badiiy kecha o’tkazildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Samarqand davlat universiteti o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, iste’dodli shoira Jumagul Suvonova ijodiga bag’ishlangan “Dardim mening, quvonchim mening” mavzusida badiiy kecha bo’lib o’tdi.
Tadbirni Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, professor Azamat Pardayev kirish so’z bilan ochib, shoira ijodining noyob qirralari haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdi.
“Zarafshon” gazetasi bosh muharriri, Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo’limi boshlig’i Toshpo’lot Tugalovlar o’z so’zlarida shoira ijodining badiiyati, uning o’zbek adabiyotida tutgan munosib o’rni haqida fikr yuritildi. Shoira ijodidan namunalar tinglandi.
Tadbir ko’tarinki va yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.