Samarqand davlat universitetida rus xalqlari milliy liboslarining fotoko’rgazmasi tashkil etildi

Samarqand davlat universiteti Axborot-resurs markazida Chuvash davlat univeristeti bilan hamkorlik doirasida rus xalqlarining milliy liboslari fotoko‘rgazmasi o’tkazildi. Ko‘rgazmada Rossiyada istiqomat qiluvchi chechen, chuvash, boshqird, arman, osetin, buryat, cherkas, nenets, udmurt kabi xalqlar milliy liboslari aks etgan rasmlar hamda ayollarning milliy zeb-ziynatlaridan namunalar namoyish qilindi. Ushbu xalqlar milliy an’ana va qadriyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Bir-biridan o‘zgacha va rang-barang liboslar aks etgan rasmlar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Iroda Bekmurodova,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.