O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi (https://regulation.gov.uz/uz/d/61078).

    Unda Samarqand davlat universiteti, universitetning Urgut va Kattaqo'rg'on filiallari, SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti uchun qabul kvotalari loyihasi taqdim etilgan.

    Unga ko’ra, Samarqand davlat universitetiga yangi o’quv yilida 1345 ta kvota ajratilgan bo’lib, shundan 750 tasi davlat granti, 595 tasi to’lov-shartnoma asosida qabul qilinishi ko’zda tutilgan.

    Samarqand davlat universiteti Urgut filialiga yangi o’quv yilida 400 ta kvota ajratilgan bo’lib, shundan 95 tasi davlat granti, 305 tasi to’lov-shartnoma asosida qabul qilinishi ko’zda tutilgan.

    Universitetning Kattaqo’rg’on filialiga 2022-2023 o’quv yilida 400 ta kvota ajratilgan bo’lib, undan 110 tasi davlat granti, 290 tasi to’lov-shartnoma asosida qabul qilinishi ko’zda tutilgan.

    Shuningdek, Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti uchun qabul kvotalarining loyihasi taqdim etilgan.

    - Oliy ta’lim muassasalari uchun qabul kvotasi loyihasi (to’liq)- pdf

    - Samarqand davlat universiteti uchun qabul kvotasi (institut va filiallar bilan)- pdf