Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Tomsk davlat universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv instituti direktori o’rinbosari Viktoriya Makoveyeva tashrif buyurib, inson resurslarini boshqarish fakulteti talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi.

    Unda hamkorlikda tashkil etilgan magistratura bosqichi talabalari uchun qo’shma ta’lim dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi.

    - Samarqand davlat universiteti bugun nihoyatda tezlik bilan rivojlanib borayotgan oliy ta’lim muassasalaridan biri, - deydi Tomsk davlat universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv instituti direktori o’rinbosari Viktoriya Makoveyeva. – Buni xalqaro hamjamiyat va olimlar e’tirof etishmoqda. Biz universitetingiz bilan birgalikda magistratura bosqichida tahsil oluvchi talabalar uchun qo’shma ta’lim dasturi tashkil etdik. Bunda talaba 1 o’quv semestrini Samarqandda, qolgan 3 semestrini esa Tomskda davom ettiradi. Bitiruvchilar ikki universitetning diplomiga ega bo’ladi. Ushbu magistratura bosqichi iqtisodiyot va biznes, raqamli texnologiyalar yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun ajoyib imkoniyat.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.