Samarqand davlat universiteti: Istanbul universiteti bilan hamkorlik aloqalarining amaliy davri

Ayni kunlarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova va psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Umida Bo‘taeva Turkiyaning Istanbul universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining amaliy ishlarini jadal tarzda davom ettirish maqsadida Istanbulda bo‘lib turibdi.
Mazkur tashrif doirasida Istanbul universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Levent Sahin bilan uchrashuv o‘tkazildi. Samimiy muloqot davomida ikki universitet hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, psixologiya yo‘nalishida amaliy tajriba almashinuv jarayonlarini boshlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalar muhokama etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.