Yaponiyalik o‘qituvchi, alpinist Junko Tabei 1975-yil, 16-may kuni butun dunyo tarixida Everest (Jomolungma) cho’qqisini zabt etgan ilk ayol sifatida qolgan. Qiziq tarafi shundaki, o’zbek tilida yuritiluvchi saytlarda ushbu ma’lumotga ko’zingiz tushmaydi.

    1939-yil, 22-sentyabrda Yaponiyaning Mixaru shahrida tug’ilgan Junko Tabei yetti farzandning beshinchisi edi. U 10 yoshida o’z orzulari va taassurotlariga berilib, Nasu tog’iga sayohatga borish uchun yo’llanmani qo’lga kiritadi va ilk marta tog’ga chiqadi. Shundan so’ng alpinizm Junko hayotining ajralmas qismiga aylanadi.

    1975-yil, 15-mayda u o’zining azaliy orzusi bo’lgan Everest cho’qqisiga ko’tariladi.

     O'zining tarixiy Everest cho'qqisiga ko'tarilganidan so'ng, Junko Tabeining bayonotlari u nafaqat ishtiyoqli alpinist, balki o'zini o'zi qadrlaydigan odam ekanligini ham ko'rsatdi. Telegraph nashrida u Everest cho‘qqisiga chiqqan birinchi ayol sifatida tanilganidan ko‘ra, bu marraga erishgan 36-shaxs sifatida esda qolishni xohlaganini aytgan. "Men Everestdagi birinchi ayol bo'lishni niyat qilmaganman", degan u o’z intervyusida.

 

Otabek Sa’dullayev,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.