Samarqand davlat universiteti talabasi Sitora Turdibekova Jahon chempionatida munosib ishtirok etmoqda
Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Samarqand davlat universiteti talabasi Sitora Turdibekova hozirgina Paragvaylik Minerva Merelesga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.
Ma’lumot uchun, Sitora Turdibekova dastlabki jangida Trinidad va Tobago vakili Tianna Gayga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozongan edi.
Sitora Turdibekovaga keyingi janglarda omad tilaymiz!
Sitora, biz siz bilan birgamiz!

