Samarqand davlat universitetida Chuvash davlat universiteti bilan hamkorlik doirasida konsert dasturi tashkil etildi. Unda Chuvash xalq artisti Dmitriy Syomkin tomonidan ijro etilgan milliy va zamonaviy estrada yo‘nalishlaridagi qo‘shiqlar mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Konsert nafaqat ikki universitet, balki o‘zbek va chuvash xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlikning samimiy ifodasi bo‘ldi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.