Samarqand davlat universitetida rus tili o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Rossiya davlat universiteti bilan hamkorlikda rus tili o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi. Unda SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov, “Россотрудничество”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rus tili ta’lim dasturlari koordinatori Irina Suljina, SamDU o‘qituvchi va ilmiy xodimlari hamda viloyatdagi umumta’lim maktablarining rus tili fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminarda rus tili darslarida samarali tinglash mahorati, fanni o‘qitishda norefleksiv eshitishni faollashtirish, rus tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro sertifikat (TRKI) olish tizimidagi murakkab masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Seminar so‘ngida maktab o‘quvchilari ishtirokida bilimlar musobaqasi tashkil etildi.