Bugun Samarqandda chaqmoq chaqib, yomg’ir yog’adi, ayrim hududlarda sel kelishi xavfi bor
14-may kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda chaqmoq chaqib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Biroz avval, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida kuchli yomg'ir yog'ishi kutilayotgani to’g’risida xabar bergan edik.

