Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining joriy o‘quv semestrini a’lo baholarga topshirib, jamoat ishlarida faol bo‘lgan 60 nafar talabasiga pul mukofotlari topshirildi.

    Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova talabalarni universitetning ilmiy-ijodiy hayotida faol bo‘lish bilan birga, fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirish muhim ekanligin ta’kidladi.

    - Biz ilm yo‘lidan ketayotgan, a’lo baholarga tahsil oluvchi har bir talabani moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlaymiz. Buning uchun sizdan faqat va faqat o‘qish, ilm olish talab qilinadi, - deydi Shahzoda Negmatova.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.