Samarqand davlat universiteti professori Xurshid Bozorovga

    “TOP cited article” sertifikati taqdim etildi

    Olimning maqolasidan Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasida so‘nggi ikki yarim  yilda 234 marta iqtibos olingan...

    Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori Xurshid Bozorovning 2019 yilda xitoylik hamkorlar bilan “Bioorganic & Medicinal Chemistry” jurnalida (Scopus va Web of Science)  “1, 2, 3-Triazole-containing hybrids as leads in medicinal chemistry: A recent overview” nomli  maqolasi chop etilgan edi.

    Xurshid Bozorovning mazkur maqolasi “Elsevier” nashriyotining Oksforddagi vakolatxonasi tomonidan “Bioorganic & Medicinal Chemistry” jurnalida so‘nggi 3 yilda  nashr etilgan 2000 dan ortiq ilmiy maqolalar ichida “Eng ko‘p iqtibos olingan” (“TOP cited articles”) ilmiy maqolalar ro‘yxatida 1-o‘rinni egalladi. Maqola muallifiga “TOP cited article” sertifikati taqdim etildi. (maqoladan Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasida so‘nggi 2.5 yilda 234 marta iqtibos olingan).

    Ma’lumot uchun Elsevier nashriyotining “Bioorganic & Medicinal Chemistry” jurnali tibbiy kimyo yo‘nalishida TOP-10 ro‘yxatiga kiritilgan. Jurnal 3.6 impakt faktorga (IF) ega.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati