Ertalab nonushta qilish organizmning ishchanlik qobiliyatini oshiradi
Olimlarning fikriga ko’ra, siz qancha erta nonushta qilsangiz, shuncha erta o’z faoliyatingizni boshlaysiz…
Miya faoliyati yaxshilanadi.
Ertalab nonushta qilsangiz, kun davomida xabarlarni eslab qolish qobiliyatingiz oshadi.
Immunitetingiz mustahkamlanadi.
Har kuni nonushta qilishga odatlansangiz, immunitetingiz oshadi, natijada tushkunlikka tushmaysiz, turli kasalliklarga ham chalinmaysiz.
Ishinigiz unadi.
Chunki sizda energiya zaxirasi paydo bo`lib, ishlash layoqatingiz 30 foizga oshadi. Yana, ishxonada to tushlikkacha nimalardir yeb, vaqt sarflamaysiz.
Organizmning ishchanlik qobiliyati faollashadi.
Ertalab qornimni to`ydirib olsam, ortiqcha kaloriyalarni «qo`lga kiritaman» deb o`ylamang. Aksincha, qancha kech nonushta qilsangiz, shuncha kech ish boshlaysiz. Va organizm dangasalashadi.
Nonushta sizga go’zallik baxsh etadi.
Agar ertalab nonushta qilmasangiz, organizmingiz uyqudan uyg`onmaydi va harakatga kirishmaydi. Natijada, yog` yig`iladi. Va ular, soch, yuzlaringizda aks etadi.

