Bugun Samarqand davlat universiteti professori Ilhom Saidov va fizika-matematika fanlari nomzodi Maysara Salohiddinovaning tavallud topgan kuni

    Ilhom Saidov 1952-yilda Samarqand shahrida tug’ilgan. 50 yilga yaqin vaqt mobaynida Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bugungi kunda SamDU tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi professori.

    Maysara Salohiddinova 1962-yilda Samarqand shahrida tug’ilgan. Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi. 40 yilga yaqin vaqt davomida universitetimizda samarali mehnat qilib kelmoqda. 

    Samarqand davlat universiteti tug’ilgan kun egalarini bugungi qutlug’ sana munosabati bilan muborakbod etib, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, xotirjamlik tilaydi. 

 

   Samarqand davlat universiteti 
   Faxriylar kengashi.