Bugun Samarqand davlat universiteti professori Ziyodullo Muqimovning  tug‘ilgan kuni.

    Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi professori Ziyodullo Muqimov 1942-yil Kattaqo’rg’on tumanida tug‘ilgan. 80 yoshni qarshi olgan olim 51 yildan buyon  bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Olimning bugunga qadar 16 monografiyasi, 5 darsligi va 400 dan ziyod maqolalar chop etilgan. Ziyodullo Muqimov ilmiy rahbarligida 3 ta fan nomzodi yetishib chiqqan.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi