Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalar turar joyida gender tenglik markazining ochilish marosimi o‘tkazildi.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslatchisi Sharofat Bektoshevna kirish so‘z bilan ochib, bugun xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida olib borilayotgan islohotlarni alohida ta’kidladi.

    Xususan, magistratura bosqichi talaba-qizlar uchun to‘liq grant deb e’lon qilinganligi  ilmli qizlarimizning salohiyatini oshirishga bo‘lgan muhim qadamlardan biri bo‘lganligini aytib o‘tdi.

    Gender tenglik markazi talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlovchi ular bilan bog‘liq barcha muammolarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.