Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti roman-german tillari kafedrasi fransuz tili o‘qituvchisi Nigora negmatova Fransiyaning Parij shahrida Campus France tomonidan tashkil etilgan xalqaro forumda qatnashdi.

    - Campus France Fransiya oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha davlat axborot markazi bo‘lib, mazkur loyiha Fransiya Tashqi ishlar va Ta’lim vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan, - deydi Nigora Negmatova. – Biz forumda Fransiya oliy ta’lim tizimi, talabalarni o‘qishga oson jalb etish va ularni o‘qishga qiziqtirishning zamonaviy metodlari, talabalarimiz uchun yangi grantlar va stipendiyalar haqida ma’lumotga ega bo‘ldik. O‘ylaymanki, yaqin orada universitetimiz talabalari ham o‘qishlarini Fransiyada davom ettirish uchun grant va stipendiyalar yutib olishadi.

Otabek Sa’dullaev,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.