Samarqand davlat universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi Iqtisodiyot instituti maslahatchisi Nailya Nurlanova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov bilan o’tkazilgan uchrashuvda ikki taraflama strategik munosabatlar o’rnatish, birgalikda turli ilmiy tadqiqotlar tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

    Shuningdek, Samarqand davlat universiteti va Qozog’iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi Iqtisodiyot instituti o’rtasida memorandum imzolanib, ikki taraflama hamkorlikning yangi bosqichiga dastlabki qadamlar qo’yildi.

    Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-texnik tadqiqotlar va qo‘shma ta’lim dasturlari ishlab chiqish, birgalikda milliy va xalqaro loyihalar yaratish yuzasidan hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.