Og‘abek To‘xtayev Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi…

Gretsiyaning Iraklion shahrida og‘ir atletika bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Samarqand davlat universiteti talabasi Og’abek To’xtayev bugun o’z ishtirokini yakunladi. 73 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Og’abek dast koʼtarish va siltab ko’tarish mashqida munosib ishtirok etib, xalqaro ekspertlar va muxlislar e’tiboriga sazovor bo’ldi. Xalqaro ekspertlar fikricha Og’abek To’xtayev keyingi Jahon chempionatida yetakchi o’rinlarga davogarlik qila oladi.
Og’abek To’xtayevning sportdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz va keyingi Jahon chempionatida Yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, oltin medal olishiga tilakdoshmiz…
Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.