Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Rossiya ta’lim markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi koordinatori Muxtor Nosirov kirish so‘z bilan ochdi. SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ahmadjon Soliev Rossiya oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi. Xususan, ushbu markaz talabalar uchun Rossiyaning rivojlangan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini yaratuvchi markaz bo‘lishiga ishonch bildirdi.

    Tadbirda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorlari ishtirok etib, Samarqand davlat universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan ikki tomonlama munosabatlarning yanada yaxshilanishiga umid bildirdilar.

    - Samarqand davlat universiteti Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan oliy ta’lim muassasalaridan biri, - deydi Shimoliy Kavkaz federal universiteti rektori Dmitriy Bespalov. – Men bunga o‘tgan yili muhtaram rektor Rustam Xolmurodov bilan uchrashganimda guvoh bo‘lganman. SamDU bilan hamkorlik qilish biz uchun ham foydali bo‘ladi. Biz hamkorlikda talabalar almashinuvi va ilmiy-tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishni boshladik. Ushbu markaz orqali munosabatlarimiz yanada yaqinlashadi.

Samarqand davlat universiteti       

Axborot xizmati.