Samarqand davlat universiteti tadqiqotchilari uchun seminar bo‘lib o‘tdi…

Bunda “Scopus bazasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish”, “Scopus Journal Finder yordamida sohaga oid jurnallar topish imkoniyatlari”, “SciVal bazasi va undan foydalanish” mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
- Scopus – bu ma’lumotlar bazasi dunyo bo‘ylab turli fanlar bo‘yicha nashrlarni qamrab olgan platforma hisoblanadi, - deydi Samarqand davlat universiteti dotsenti Lutfullo Ibragimov. - Uning tarkibi 22 000 dan ortiq jurnallar; 280 nomdagi savdo nashrlar; 562 kitoblar seriyasi; 8 milliondan ortiq konferensiya materiallari va 60 milliondan ortiq qaydlar kiritilgan. Scopus tomonidan indekslangan jurnallar mustahkamligining eng mashhur ko‘rsatkichi kvartil hisoblanadi. Unda to‘rtta kvartil mavjud: Bular Q1, Q2, Q3, Q4. Scopus asosan ingliz tilidagi jurnallarga yo‘naltirilgan ma’lumotlar ko‘proq bo‘ladi…
- SciVal – tadqiqot olami bo‘ylab sayohat qilish, ish faoliyatini boshqarish va tahlil qilish uchun optimal rejani ishlab chiqish, - deydi Samarqand davlat universiteti dotsenti Xurshid Toshpo‘latov. - SciVal – buning uchun Scopus bazasidagi 1996 yildan hozirgi vaqtga qadar bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanadi. SciVal 12 000 dan ortiq tadqiqot institutlari va 230 dan ortiq mamlakat va mintaqalarning tadqiqot natijalariga tez va oson kirish imkonini beradi. Bunda tadqiqot natijalarini tasavvur qilish, boshqalar bilan taqqoslash, hamkorlikdagi tadqiqotlarni rivojlantirish va tadqiqot tendensiyalarini tahlil qilish mumkin.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.