Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Akmal Axatov Latviya hayot fanlari va texnologiyalari universiteti rektori Irina Pilvere bilan hamkorlik to'g'risida memorandum imzoladi.

    Unga ko'ra, Samarqand davlat universiteti Latviya hayot fanlari va texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda professor-o'qituvchilar, doktorant va magistrlar, asosan, talabalar almashinuvini yo'lga qo'yadi.

    Shuningdek, agrobiotexnologiya, raqamli texnologiyalar, iqtisodiyot, dasturlash kabi ta'lim yo'nalishlarida aloqalarni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.