Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti Ernazar Jumanovning tug‘ilgan kuni.
Ernazar Jumanov 1942-yil Qozog’iston Respublikasida tug‘ilgan. 80 yoshni qarshi olgan olim 56 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi