Bugun Samarqand davlat universiteti dotsentlari Xayrulla Jo’raqulov va Obid Abdullayevlarning tug‘ilgan kuni.

    Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti Xayrulla Jo’raqulov 1952-yil Qo’shrabot tumanida tug‘ilgan. 70 yoshni qarshi olgan olim 48 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi dotsenti Obid Abdullayev 1955-yil Jomboy tumanida tug’ilgan. 67 yoshni qarshi olgan olim 45 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi