Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2021 yilda Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga asos solingan edi...

    Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Finlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Ryaysyanen bilan uchrashdi.

    Samimiy muloqot davomida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini butunlay yangi bosqichga ko‘tarish, Finlandiya oliy ta’lim muassasalari bilan keng qamrovli munosabatlar o‘rnatish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va boshqa bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

    Shuningdek, Finlandiyaning rivojlangan ta’lim tizimini o‘rganish, tajriba almashish, pedagogika institutlari boshqaruvi va ta’lim jarayonlarini transformatsiya qilish, jahonda tan olingan Finlandiya pedagogikasiga bosqichma-bosqich o‘tish masalalari ham muhokama etildi.  Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.