Davra suhbati: “Mening sevimli kitobim”
Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti jamoasi tomonidan Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida II Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida “Mening sevimli kitobim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati kitoblarning bilimli avlod yetishib chiqishidagi ahamiyati, kitob mutolaasi va targ‘iboti, bugungi kunda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor masalalariga bag‘ishlandi. Kitobxonlarning so‘nggi yillarda eng ko‘p o‘qilgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan asarlar yuzasidan bildirgan munosabatlari davra suhbatining yanada qizg‘in o‘tishini ta’minladi. Shuningdek, tadbir davomida talabalar o‘zlari sevgan o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari yuzasidan qizg‘in muhokamalar olib borishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati

