Samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san’at fakulteti talabasi E’zozaxon Hoshimova va Odil Maqsudov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi kubogida Yozgi biatlon sport musoboqasida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
    Bunda sportchimiz E’zozaxon Hoshimova uch kilometrlik yugurish sprint musoboqasida 1-o‘rin; besh kilometrlik pasyut musoboqasida 3-o‘rin; olti kilometrlik individual poygada 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

    Odil Maqsudov esa besh kilometrlik pasyut musoboqasida 3-o’rin; olti kilometrlik individual poygada 2-o‘rinni qo’lga kiritdi.

    Sportchilarimiz umumjamoa hisobida esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

    Ushbu natija bilan har ikkala sportchilarimizni muborakbod etamiz.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati