Samarqand davlat universiteti Axborot resurs markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida II Respublika kitobxonlik haftaligi o‘tkazilmoqda.

         Mazkur haftalik doirasida kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirni Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova kirish so’z bilan ochdi.

         Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Sharofat To‘xliyeva kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida olib borilayotgan ishlar to’g’risida ma’lumot berib, yoshlarni o’qishga ilm olishga da’vat etdi.

         Shuningdek, tadbir doirasida o’tkazilgan o‘zbek va jahon adabiyotining nodir namunalari taqdimoti ham ishtirokchilarga ko’tarinkilik baxsh etdi.

         Ma’lumot uchun, haftalik doirasidagi bu kabi taqdimot tadbirlari 22-aprelgacha davom etadi.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.