Samarqand davlat universiteti professor o'qituvchilari uchun seminar tashkil etiladi

Samarqand davlat universiteti professor-o’qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarini navbatdagi seminarga taklif etamiz:
Ma’ruza mavzusi: “Scopus Journal Finder yordamida sohaga oid jurnallar topish imkoniyatlari”
Ma’ruzachi: "Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Akbar Ahmedov. Rossiya, Germaniya, Chexiya, AQSh, Isroilning kabi dunyoning rivojlangan davlatlaridagi nufuzli ilmiy tadqiqot institutlarida stajirovka o’tagan. Shuningdek Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalarida indekslangan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
Ma’ruza mavzusi: “Tadqiqotchilarni xalqaro Scopus bazasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish”
Ma’ruzachi: “Geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Lutfullo Ibragimov. Ruminiyaning Aleksandr Ioan Kuza universitetida doktoranturani tugatgan. Shu kungacha 80 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan.
Ma’ruza mavzusi: “SciVal bazasi va undan foydalanish”
Ma’ruzachi: "Kimyo fanlari nomzodi, dotsent, Xurshid Toshpo’latov . Xitoy xalq respublikasining Siamin universitetida, Fransiyaning Lill universitetida hamda AQShning Texas A&M universitetida ilmiy amaliyot o’tagan. Bugungi kungacha 50 ga yaqin ilmiy ishlari nashr etilgan.
O’tkazilish vaqti: 2022-yil 21- aprel soat 15:00da.
O’tkazilish joyi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Fizika fakulteti 63-xona
Samarqand davlat universiteti
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va
ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi.