Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda
Jumladan, universitetda mavjud sirtqi, kechki ta’lim yo‘nalishlari ham talabalarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olishiga imkoniyat yaratadi. Xususan, 2021-2022 o‘quv yilida Samarqand davlat universitetida kechki ta’lim yo‘nalishi uchun 450 ta, sitrqi ta’lim shakli uchun 1025 ta kvota (SamDU ning pedagogika instituti bilan birgalikda) ajratilgan.




